Haqiqiy dasturchining kuchi faqat kod yozishda emas, balki koddagi yashirin xatolarni topish va ularni AI Agent bilan tezkor tuzatishdadir!
"Men bir marta kod yozaman va u hech qanday xatosiz birdaniga chiroyli ishlab ketadi!"
Dunyoda birorta xatosiz dastur yo'q. Haqiqiy mahorat — xatoni darhol payqash, sababini tushunish va AI sherik bilan bir zumda tuzatishda!
Konsoldagi qizil yozuv — bu JavaScriptning signali! U xato qaysi faylda va nechanchi qatorda ekanini to'g'ridan-to'g'ri aytadi.
Ekranda qiyshaygan yoki kesilgan blok ustiga sichqonchani olib borib, uning margin, padding va o'lchamlarini jonli ko'rish mumkin!
Menyudagi bitta ssilka tasodifan margin-top: 45px olgan va butun chiroyli navbar qatorini buzib, pastga tushib ketgan.
Nishon (badge) manfiy margin bilan tugmaning tepa qismiga chiqib olgan. Oqibatda tugmani bosmoqchi bo'lsangiz, bosilmaydi!
2-kartaga qat'iy height: 170px va overflow: hidden berilgan. Do'konda uning "Xarid Qilish" tugmasi ko'rinmay kesilib ketgan!
Dark Mode yoqilganda panel qorayadi, lekin "To'plangan Energiya" raqami to'q ko'k rangda qolib ketgan — matn fonda yo'qolib qoladi!
Arena loyihasida qasddan yashiringan UI va mantiqiy xatolar bor. Sizning maqsadingiz — saytni Live Serverda ochish, xatolarni ko'z va konsol bilan fosh qilish, AI Agentga tuzattirish va har birini hisobotga kiritish!
VS Code da arena/ papkasini oching. Live Serverni yoqing. AI Agenti yordamida kamida 5 ta xatoni topib tuzating va stolingizdagi varaqaga qayd eting!