Vibecoding · 3-dars · 9-11 sinflar
Fan: IT / VibecodingПредмет: IT / VibecodingSubject: IT / Vibecoding Hafta: 1Неделя: 1Week: 1

IT Dunyosi: Kod va Cloud

Sayt ortida yashirinib yotgan texnologiyalar: Kodning uch qatlami va internet qanday ishlashi.

Uchlik Qoidasi

Kod anatomiyasi: HTML, CSS, JS

Brauzerda ko'radigan har bir saytingiz (shu jumladan Paynet ham) faqat shu 3 ta tildan yasaladi. Uni inson tanasiga qiyoslaymiz:

HTML (Suyak)

Saytning skeleti. Matnlar va rasmlar qayerda turishini belgilaydi.

💀

CSS (Kiyim)

Saytning dizayni. Oldingi darsdagi Padding, Margin, Grid aynan CSS da yoziladi!

👔

JS (Miya)

Saytning harakati. Hover, Animatsiyalar va tugma bosilishi JS hisoblanadi.

🧠
Vibecoder sir-asrori

Nega buni bilish muhim?

Agar AI sizga sayt yozib bersa-yu, tugma ishlamasa, unga qanday buyruq berasiz?

  • Havaskor: "Tugma ishlamayapti, to'g'irla." (AI nima xatoligini izlab ko'p vaqt yo'qotadi).
  • Vibecoder: "Tugmaning JavaScript (JS) kodini tekshir. Lekin CSS dizayniga tegma!"
Dasturlash tillarini bilish shart emas, lekin qaysi biri nima qilishini bilish AIni boshqarish uchun shart!
Internet qanday ishlaydi?

Domen, Xosting va Server

Tasavvur qiling, siz real sayt quryapsiz. U kompyuteringizdan tashqariga chiqishi kerak.

1. Domen (Domain)

Saytning internetdagi manzili. Uyingizning ko'cha nomi.

Masalan: paynet.uz

2. Xosting (Hosting)

Yer uchastkasi. Sayt fayllarini saqlash uchun ijaraga olingan joy.

Ijaraga olinadi

3. Server

24/7 ishlab turadigan kuchli kompyuter (Uy). Xosting aynan serverda bo'ladi.

U doim yoniq turadi
Xotira

Ma'lumotlar Bazasi (Database)

Paynet.uz dagi "20 million foydalanuvchi" qayerda saqlanadi? HTML ni ichidami? YO'Q!

Database (DB) nima?

  • Saytning "Sandiqi" yoki xotirasi.
  • Foydalanuvchilarning parollari, pullari, va rasmlari shu yerda xavfsiz saqlanadi.
  • Agar kimdir ro'yxatdan o'tsa, ma'lumot Frontend dan API orqali yuborilib, Database da saqlanadi!
Eng muhim atamalar

IP manzil va Bug

IP Address

Aslida domenlar (paynet.uz) kompyuterlar uchun tushunarsiz. Kompyuterlar bir-birini raqamli IP manzil (masalan: 192.168.1.1) orqali taniydi. Domen – bu IP manzilning "taxallusi".

Bug (Xato)

Dasturdagi xatolik. AI ba'zan "bug" larni yozib qo'yadi. Vibecoder sifatida siz uning turini aytishingiz kerak (UI bug, Logic bug).

Zamonaviy yechim

Cloud (Bulut) nima?

Hammamiz "Rasmlarimni Cloud'ga joyladim" deymiz. Osmondagi bulutga ketmaydiku? Aslida u nima?

  • Cloud – bu shunchaki "boshqa birovning kompyuteri (serveri)". Odatda Amazon, Google kabi zavodlar.
  • Zamonaviy dasturchilar o'z uyida server saqlamaydi, ular Cloud ijaraga oladi.
  • Vibecoding paytida AI ga: "Saytimni Vercel cloud'iga chiqar" deyish eng kuchli buyruqlardan biridir!
Katta Zanjir

Hammasi qanday bog'lanadi?

Siz "paynet.uz" ni ochganingizda 1 soniya ichida nima yuz beradi?

Siz (Browser) paynet.uz So'rov (IP manzil) Cloud Server AWS / Vercel Ma'lumot? Database 20mln mijoz Qaytaradi: HTML + CSS + JS
  • 1. So'rov: Domen IP manzilga aylanib, Cloud Serverga yuboriladi.
  • 2. Qidiruv: Server Databasedan ma'lumotlarni qidiradi.
  • 3. Javob: Server sizga HTML, CSS, JS fayllarini qaytaradi.
Amaliyot

Vazifa: IT Arxitektori

Haqiqiy servislar misolida IT poydevorini mustahkamlaymiz:

  • Bugungi 10 ta IT atamani takrorlang (HTML, CSS, JS, Domen, Xosting, Server, Database, IP, Bug, Cloud).
  • Yoqtirgan ilovangiz (Telegram, Instagram) misolida uning qaysi qismi Database, qaysi qismi CSS, qaysi qismi JS ekanligini yozib chiqing.
10 ballik mezon
10 ta terminni bilish4
Arxitekturani to'g'ri tahlil qilish4
Vaqtida topshirilgani2
Jami10
Target International SchoolTarget International School Kirish 0–2
1 / 14