5–6-sinf · 1-dars

AI nima va uni qanday aldash mumkin

Bugun gapirmaymiz — o’ynaymiz. Ikkita o’yin, juftliklarda, hisob taxtasi bilan. Yutgan juftlik sinf chempioni bo’ladi.

2 o’yin2 kishilik juftlik50 ball
Ovoz chiqarib ayting

Jumlani tugating

Bugun havo juda  ? 

issiq52%
sovuq31%
yaxshi17%
Muhim

AI bilmaydi — u taxmin qiladi. Shuning uchun ba’zan ishonch bilan yolg’on gapiradi. Hozir buni o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz.

Qisqacha

AI nima?

Bir jumlada

Odam qiladigan aqliy ishni bajara oladigan dastur.

YouTube · TikTok

Keyingi videoni sizga qarab tanlaydi

Telefon kamerasi

Yuzni topadi, rasmni o’zi yaxshilaydi

O’yin botlari

Sizga qarshi o’ynaydi va o’rganadi

Rasm yoki GIF qo’ying
sudrab tashlang · bosing · Ctrl+V
Juftliklar

Jamoa nomlarini kiriting

1-o’yin · 25 ball

Aniq nishon

AI shunday yozsin

Minecraft o'ynayotgan Kiber-Bot haqida.

  • Aniq 3 ta jumla
  • Hech qanday raqam bo’lmasin
  • Oxirgi jumla savol bo’lsin
  • «Sigma» so’zi bir marta uchrasin
  • Kulgili bo’lsin — sinf hakam
09:00
Ball

Har shart — 5 ball

Juftingiz tekshiradi. Javobni qo’lda tuzatish mumkin emas — faqat promptni o’zgartirasiz.

1-o’yin natijasi

Ballarni kiriting

Eng kulgilisini o’qib bering

2-o’yin · 25 ball · eng qiziq

AI’ni yolg’onga tutish

Yo’q narsa haqida so’rang

O’ylab topilgan kitob, o’yin, olim yoki hayvon. Masalan: «Qoraqalpoq kaptari nima?»

U javob yozsa — 15 ball

Qanchalik ishonarli yozsa, shuncha yaxshi. Skrinshot oling.

Endi uni to’xtating — 10 ball

Xuddi shu savolga yolg’on javob bermaydigan prompt toping.

10:00
Rasm yoki GIF qo’ying
sudrab tashlang · bosing · Ctrl+V
Yakuniy hisob

Sinf chempioni

Yil davomida

To’rtta qoida

1

Ismingizni yozmang

Telefon, manzil, parol — AI chatiga hech qachon.

2

Tekshiring

Bugun ko’rdingiz: u ishonch bilan yolg’on gapiradi.

3

Ko’chirmang

AI javobi — qoralama. Topshiriladigani siz yozgan versiya.

4

Birov haqida yomon narsa yo’q

Soxta rasm, soxta ovoz, tanish odam nomidan matn — yo’q.

Uyga vazifa

Eng kulgili yolg’onni toping

Uyda AI’dan yana 3 ta yo’q narsa haqida so’rang. Eng kulgili javobning skrinshotini oling.

  • 3 ta skrinshot — savol va javob ko’rinsin
  • Har biriga bitta jumla: u nimani o’ylab topdi?
  • Eng kulgilisi keyingi darsda ekranga chiqadi
3 ta skrinshot6
Izohlar yozilgan4
Jami10
Target International SchoolTarget International School Kirish 0–2
1 / 14