Vibecoding · 5-dars · 9-11 sinflar
Fan: IT / VibecodingПредмет: IT / VibecodingSubject: IT / Vibecoding
Hafta: 1Неделя: 1Week: 1
Frilans: Mantiq (JS) va Reviziya
UIning o'zi yetarli emas. Mashinaga dvigatel qo'yamiz va kutilmagan mijoz talabini qanday to'g'ri hal qilishni o'rganamiz.
Jonlantirish
Dvigateli yo'q Mashina
O'tgan 40 daqiqa ichida siz chizgan UI (HTML+CSS) juda chiroyli. Lekin Start ni bossangiz, hech narsa bo'lmaydi. Nega?
- Chunki unda JavaScript (Miya/Muskul) yo'q! U shunchaki surat.
- Endi biz taymerga vaqtni sekundma-sekund kamaytirib beradigan kod qo'shishimiz kerak.
JS Qonunlari
JavaScript asoslari: Event
JavaScript shunchaki o'z-o'zidan ishlamaydi. Uni nimadir "uyg'otishi" kerak. Bu narsa Event (Voqea) deyiladi.
Click Event
Foydalanuvchi sichqoncha bilan Start tugmasini bosishi.
Load Event
Sayt birinchi marta ochilishi va yuklanishi.
JS Qonunlari
JavaScript asoslari: Function
Event sodir bo'lgandan keyin kompyuter nima qilishini Function (Funksiya) belgilaydi.
Agar (Tugma bosilsa) -> [Event]
Unda {
1. Vaqtni 1 sekundga kamaytir;
2. Ekranga yangi vaqtni yoz;
} -> [Function]
Eng katta xato
UI ni buzmang! (Don't break CSS)
Havaskor: "Menga taymer ishlashini qilib ber."
- Bunday prompt yozsangiz, AI mantiqni to'g'irlayman deb, o'tgan darsdagi chiroyli CSS dizayningizni o'chirib yuboradi.
- Sehrli so'z (Vibecoder): "Menga faqat JS kodini yozib ber. CSS va HTML UI ga umuman tegma!"
Xatolarni topish
Bug (Xato) turlari
UI Bug
Tugma xato joyda yoki qizil emas. Bu CSS xatosi.
Logic Bug
Start tugmasi bosildi, lekin taymer ishlamadi. Event xatosi.
State Bug
Taymer 00:00 dan pastga qarab ketyapti (-00:01). JS Funksiya xatosi.
Klient qo'ng'irog'i
Kutilmagan O'zgarish (Revision)
Siz taymerni zo'r qildingiz, u ishlayapti. Lekin mijoz qo'ng'iroq qildi:
Mijoz:
"Men tunda ishlayman. Menga saytning yuqori qismida yorug'likni o'chirib yoqadigan Dark Mode (Tungi rejim) tugmasi ham kerak!"
Ikkita ish bittada
Reviziyani qanday to'g'rilaymiz?
Tungi rejim oddiy narsa emas. U ham UI, ham mantiqni o'zgartiradi.
- 1. UI qismi (HTML/CSS): Bizga yangi button (tugma) va qora fonga ega CSS qoidalari kerak.
- 2. JS qismi: Shu tugma bosilganda (Click Event), qora fonga o'tkazadigan Funksiya kerak.
Usta siri
Murakkab Prompt Yozish
Taymer buzilmasdan Dark Mode qo'shilishi uchun AI ga juda aniq yozing:
"Taymerning hozirgi barcha ishlash mantiqini (JS) saqlab qol! Faqat bitta yangi xususiyat qo'sh: Saytning tepa o'ng burchagida 'Dark Mode' tugmasi bo'lsin. U bosilganda butun sayt foni Qop-qora (Black), hamma yozuvlar esa Oq bo'lsin."
1-Qadam
Amaliyot: Taymerni yoqish
- 1. AI dan taymer (Start, Pause, Reset) ishlashi uchun JavaScript so'rash.
- 2. CSS/HTML dizayni mutlaqo buzilmaganligini tekshirish.
10 ballik mezon
AI dan taymer (Start, Pause, Reset) ishlashi uchun JavaScript so'rash.4
CSS/HTML dizayni mutlaqo buzilmaganligini tekshirish.4
Jami8
2-Qadam
Amaliyot: Reviziyani bajarish
- 1. Mijoz so'ragan 'Dark Mode' (Tungi rejim) tugmasini qo'shtirish.
- 2. Tugma bosilganda fon o'zgarishini va shu paytda taymer nolgacha (-0) xatosiz yetib borishini tekshirish (Debugging).
10 ballik mezon
Mijoz so'ragan 'Dark Mode' (Tungi rejim) tugmasini qo'shtirish.4
Tugma bosilganda fon o'zgarishini va shu paytda taymer nolgacha (-0) xatosiz yetib borishini tekshirish (Debugging).4
Jami8
Dars yakuni
Bugun nima qildingiz?
Tabriklaymiz! Siz ushbu 2 soat ichida:
- Buyurtmani qabul qilib UI (Dizayn) chizdingiz.
- JavaScript yordamida unga Mantiq va Jon kiritdingiz.
- Mijozning eng murakkab Reviziyasini (Dark Mode) xatosiz uddaladingiz.
Endi siz haqiqiy Vibecodersiz!