Target International SchoolTarget International School
Vibecoding · 1-dars · 11-sinf

Sun'iy intellekt nima?

Bugun uchta narsani bilib olamiz: AI nima, u qanday ishlaydi va unga qanday qilib to'g'ri savol berish kerak.

45 daqiqa Nazariy + amaliy O'qituvchi: Ismoiljon Usmonov
Savol

Qaysi birini AI yaratgan?

A — matn

"Kuz keldi. Olma daraxti barglarini birma-bir tashlaydi — go'yo yozni hisobot qilib topshirayotgandek."

B — ovoz

Mashhur qo'shiqchining ovozida, u hech qachon kuylamagan qo'shiq. Studiya sifatida.

C — dastur

Telegram bot: darslar jadvalini yuboradi, uy vazifasini eslatadi. 11 daqiqada yozilgan.

Kartaga bosing yoki R tugmasi

Bu fan haqida

36 hafta, 4 ta chorak

1

Prompt va dizayn

AI bilan gaplashish, rasm va dizayn, birinchi buyurtma.

2

AI agentlar

O'zi ish bajaradigan AI quramiz.

3

Avtomatlashtirish

Takrorlanadigan ishni mashinaga topshiramiz.

4

Yakuniy loyiha

O'z mahsulotingiz va portfolio.

Birinchi savol

AI nima?

Sodda ta'rif

Odam qiladigan aqliy ishni bajara oladigan dastur.

Siz uni har kuni ishlatasiz — shunchaki AI deb o'ylamaysiz:

YouTube · TikTok

Keyingi videoni sizga qarab tanlaydi.

Google Translate

Jumlani tarjima qiladi, so'zma-so'z emas.

Telefon kamerasi

Yuzni topadi, rasmni o'zi yaxshilaydi.

Ikkinchi savol

U qanday ishlaydi?

Juda ko'p matn o'qigan va bitta ishni o'rgangan: keyingi so'zni taxmin qilish.

Bugun havo juda  ? 

issiq52%
sovuq31%
yaxshi17%

Bittasini tanlaydi, qo'shadi va yana taxmin qiladi. Butun javob — shu qadamning ming marta takrorlanishi.

Uchinchi savol · eng muhimi

Prompt nima?

Prompt — siz AI'ga beradigan topshiriq. Javob sifati modelga emas, promptga bog'liq.

Yomon prompt

Referat yoz.

Umumiy, quruq matn. Mavzu ham, hajm ham, kim uchunligi ham noma'lum — shuning uchun AI o'rtacha javob beradi.

Yaxshi prompt

Sen tarix o'qituvchisisan. 11-sinf o'quvchisi uchun "Buyuk ipak yo'li" mavzusida 1 betlik referat yoz. 4 ta sarlavha bo'lsin, sodda til, oxirida 3 ta savol.

Farqi: rol berildi, mavzu aniq, hajm aytildi, format ko'rsatildi.

Eng muhim ogohlantirish
Daftaringizga yozing

AI bilmaydi — u taxmin qiladi. Shuning uchun u haqiqatni ham, uydirmani ham bir xil ishonch bilan aytadi.

Nomi

Gallyutsinatsiya

AI mavjud bo'lmagan kitob, sana yoki olimni o'ylab topadi — chunki u jumlani tabiiy qilishga harakat qiladi, to'g'ri qilishga emas.

Sizning ishingiz

Tekshirish

Raqam, sana, ism, havola — boshqa manbadan tekshiriladi. AI javobi — qoralama, dalil emas.

Xarita

Qanday AI vositalari bor?

Matn

Yozish va tahlil

Claude · ChatGPT · Gemini

Rasm

Logo, poster, rasm

Midjourney · Ideogram · DALL·E

Video va ovoz

Video, dublyaj, musiqa

Runway · ElevenLabs · Suno

Kod

Dastur yozish

Claude Code · Cursor · Copilot

Avtomatlashtirish

Ishni o'zi bajarish

n8n · Make · Zapier

Qidiruv

Havola bilan javob

Perplexity · NotebookLM

Amaliy ish · noutbuklarni oching

Yomon prompt va yaxshi prompt

Bitta AI vositasini oching

Claude, ChatGPT yoki Gemini — qaysi biri ishlasa.

Yomon promptni yuboring

"Referat yoz." Javobni varaqaga yozing.

Endi yaxshi promptni yozing

O'zingiz tuzing: rol + mavzu + hajm + format. Javobni solishtiring.

Keyingi slayddagi savolni bering

So'zma-so'z ko'chiring va nima bo'lishini kuzating.

11:00
Muhim

Shaxsiy ma'lumot yozilmaydi

Ism-familiya, telefon, manzil, parol — AI chatiga hech qachon.

So'zma-so'z ko'chiring
Shu savolni AI'ga bering

"Vibecoding paradoksi nima? Uni kim va qaysi yilda kashf etgan?"

Bunday paradoks yo'q — men uni hozir o'ylab topdim. Kuzating: AI uni o'ylab topib beradimi yoki "bunday narsa yo'q" deydimi?

Yozib oling

AI nima dedi?

Uydirgan bo'lsa — "kashfiyotchi" ismi va yilini yozing.

O'ylang

Nega shunday bo'ldi?

5-slaydni eslang: model bilmaydi, u taxmin qiladi.

3 ta o'quvchi javob beradi

Nima ko'rdik?

  • Yomon va yaxshi prompt javoblari qanchalik farq qildi?
  • AI soxta paradoksni o'ylab topdimi? Javobi qanchalik ishonarli edi?
  • Agar tekshirmasangiz, xatoni qayerda bilib qolgan bo'lardingiz?
Xulosa

AI'ni almashtirish natijani biroz o'zgartiradi. Promptni o'zgartirish natijani butunlay o'zgartiradi.

Yil davomida amal qilamiz

To'rtta qoida

Shaxsiy ma'lumot yozilmaydi

O'zingizniki ham, boshqalarniki ham.

Har bir fakt tekshiriladi

Raqam, sana, ism, havola — boshqa manbadan.

AI ishlatganingizni yashirmaysiz

Qaysi vositadan foydalanganingizni ko'rsatasiz. Bu kamchilik emas.

AI javobi ko'chirib topshirilmaydi

U qoralama. Topshiriladigani — siz tushunib qayta yozganingiz.

Uyga vazifa · keyingi darsga

10 ta AI vositasi ro'yxati

Kamida 5 xil kategoriyadan. Shu ustunlar bilan jadval qiling:

# Vosita Kategoriya Nima qiladi Bepulmi
1PerplexityQidiruvHavola ko'rsatib javob beradiHa
2…………

Va bitta vositani o'zingizning real ishingizda sinang, 3 jumlada nima chiqqanini yozing.

10 ta vosita to'liq5
5 xil kategoriya2
Shaxsiy sinov3
Jami10
Keyingi dars

AI bilan samarali ishlash qoidalari

Bugun ko'rdik: prompt hamma narsani hal qiladi. Keyingi darsda promptni tuzishni jiddiy o'rganamiz.

Uy vazifasi: 10 Noutbuk har darsda
Target International SchoolTarget International School Kirish 0–2
1 / 14